Suriya Arab Respublikasi prezidenti Başar Asadning ma'lum qilişiça, Suriya hukumati mamlakatning barça hududi, şu jumladan Idlib viloyati ustidan nazoratni qaytarişni rejalaştirmoqda. Bu haqda u RT’ga bergan intervyusida aytib ötdi.

Suriya rahbarining ta'kidlaşiça, buni qurol yöli bilan qilişga majbur bölinadi, sababi ba'zi tumanlarda hokimiyat hamon qurollangan terrorçilik guruhlari bilan iş körişga majbur bölyapti.

«Uruşdan yomon narsa yöq. Öylaşimça, bu fikrga istalgan suriyalik qöşiladi. Biroq, bizda boşqa variant ham qolmadi», - degan Asad.

Uning ta'kidlaşiça, mamlakatning qator viloyatlarida mamlakat hukumati sulhga erişişga harakat qilmoqda.

«Mahalliy aholi jangarilarga bosib körsatib, ularni ketişga majburlamoqda. Sulh - bu eng yaxşi variant, hamda biz bu rejaga amal qilyapmiz. Biroq, u iş bermasa, kuçdan foydalanişga majbur bölinadi», - deya qöşimça qilib ötgan Asad.

Eslatib ötamiz, avvalroq Suriya prezidenti Başar Asad Amerika Qöşma Ştatlari Suriya hududidan çiqib ketişi kerakligini aytgandi.