Sport | 08:59 / 01.06.2018
12072
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadagi jahon chempionati uchun to‘p shaklidagi idishlarda chiqarilgan suv xavfli deb topildi

Foto: Fontanka Ru / YouTube

Rossiyada o‘tadigan jahon chempionati uchun to‘p shaklidagi idishlarda chiqarilgan ichimlik suvi “Svyatoy istochnik” xavfli deb topilib, savdodan olina boshlandi. Gap shundaki, bunday idishdagi suv quyoshda qolsa, linza kabi quyosh nurini bir joyga tushirib, yon atrofdagi narsalarning yonib ketishiga olib kelishi mumkin. 

Shu sababli “Ashan” gipermarketlar tarmog‘i ushbu ichimlik suvini savdodan olishni boshlagan.

Suv 2,5 litrli idishlarda chiqarilgan bo‘lib, ba'zi hollarda yong‘inga olib kelishi aniqlandi. Ba'zi odamlar ushbu suvdan sotib olib, ofislari polida qoldirishganda, unga quyosh tushishi bilan yonida tutun paydo bo‘lib, poldagi laminat hidi chiqa boshlaganini aytishgan. 

“Fontanka” tahririyati ham tajriba o‘tkazib, ushbu suv idishi yordamida haqiqatan ham alanga paydo qilish mumkinligini tekshirib ko‘rgan. Tajriba buning imkoni borligini tasdiqlagan.

Suvni ishlab chiqaruvchi kompaniya vakili mahsulot xalqaro va Rossiya standartlariga mos kelishini aytgan. “Biz har bir yorliqda suvni qorong‘i joyda, +2 dan +25 darajagacha haroratda saqlash kerakligini ko‘rsatamiz”, deb aytgan kompaniya vakili.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid