"Özbekkonsert" Özbekistonda xizmat körsatgan artist Sardor Rahimxon, san'atkorlar Feruza Jumaniyozova, Asilbek Negmatov va Tohir Usmonovning litsenziyasini töxtatdi. KUN.UZ muxbiri 31 may kuni bölib ötgan "Milliy estrada san'atining yoşlar ma'naviy, axloqiy tarbiyasidagi örni va san'atkor odobi" mavzusidagi yiğilişida berilgan ma'lumotga asoslanib, şu haqida xabar berdi.

Tadbir jarayonida ma'lum bölişiça, "Özbekkonsert" tomonidan taklif qilingan 85 nafar xonandadan bir neçasi kelmagan. "Özbekkonsert" rahbari Odiljon Abduqahhorov Özbekistonda xizmat körsatgan artist Sardor Rahimxon, san'atkorlar Feruza Jumaniyozova, Asilbek Negmatov va Tohir Usmonovlarning tadbirga kelmaganini hurmatsizlik deya baholab, ularni litsenziyadan mahrum qiliş töğrisidagi buyruqni tayyorlaşni topşirdi va yiğiliş sönggida uni öqib eşittirdi.











