“Kun.uz” tahririyatiga Şahrixon tumanidan kelgan murojaatga e'tibor qaratamiz:  

“Men, Odiljon Qodirov Andijon viloyati, Şahrixon tumani “Navröz” mahallasi “Yangi turmuş” köçasi 24- uyda istiqomat qilaman.  

Şu yil 13 may kuni xonadonimizga Islombek Şomatov degan yigit kelib:  “Şahrixon tuman MIB bölimi xodimiman. Köçangizdagi sim yoğoçga örnatilgan elektr hisoblagiçni tekşiramiz” dedi.

Men bu yigitni avval körmaganman. Maxsus kiyimi ham yöq edi. Unga “Hujjatingiz bormi?” dedim. U: “Menga forma yetmay qolgan, hujjatim esa işxonada maşinamda qolibdi” deya javob berdi. “Sizni körmagan ekanman. Uzr, simyoğoçdagi özimni va qöşnilarimning hisoblagiçlarini  hujjatingizni olib kelgaç tekşirarsiz...” deb uydan olib çiqqan narvonimni yiğiştirib qöydim. 

U yigit menga aççiq qilib ketdi va ança vaqtdan söng MIB yozuvi tuşirilgan kökrak nişonni kötarib keldi (agar şuni hujjat deb bilsak?) boşqa tomondan esa özini  O. Asqarov deya taniştirgan şerigi ham yetib keldi. U elektr ta'minoti bölimi xodimi ekan. Söng hisoblagiçlarni tekşirişga ruxsat berişim bilan ikkovi menga muomalalarini ters holda özgartirişdi. Islom Şomatov: “Siz mendan hujjat söradingiz-a? Endi özingizdan köring!” dedi. Söng: “Hisoblagiçingiz simyoğoçga 2 metrdan yuqoriga örnatilgan, boz ustiga eski rusumdagi ekan. Yana raqami bizdagi raqam bilan mos kelmadi”  deya dalolatnoma tuzişdi.

1999 yili elektr tarmoqlari xodimi laboratoriyadan ötgan hisoblagiçni örnatib, röyxatga olingan daftarçani berib ketgan. Har gal özim borib, qarzdorligimni tekşirtirganimda yo bulmasa elektr vakili uyimga kelib körganida muammo aytilmagan. Bu holat dalolatnoma yozib, jarima qöllaş darajasidagi kamçilik ekanligi meni hayron qoldirdi. “8-9 yilça avval xizmat safarida bölgan paytim mahalliy hokimiyat buyruği deb, barça hisoblagiçlarni köçaga beton simyoğoçga örnatib ketişgan. Uni ikki metrdan yuqoriga qöyiş masalasida meni heç kim ogohlantirmagan”,- deyişimga qaramay, kökrak nişonli MIB xodimi dalolatnomaga qöl qöyib berişim zarurligini aytib  turib oldi, men esa dalolatnomani öqib körgaç, imzo qöyişdan boş tortdim. Sababi, dalolatnomada barça ayblovlar mening zimmamga yuklatilgan edi.

Xodimning “Imzo qöymasangiz elektr ta'minotidan uzib qöyaman”, degan dağdağasidan söng, men unga: “Tölovlarni öz vaqtida tölab borayotgan bölsam 20 yilga yaqin muammosiz kelayotgan edi. Hujjatingizni söraganimdan söng menga atay qasd qilib faqat mening hisoblagiçimni şu tariqa tekşiryapsiz. Holbuki, barça mahalladagi xonadonlarniki şunday holda. Uzmaysiz! 80 yoşdan oşgan onam bor qiynalib qoladi” dedim. U menga tahdid qilganiça: “Siz Prezident qaroriga qarşi çiqdingiz! Ertaga gruppa kelib, simyoğoçdan uzib ketadi” deb döq qilib çiqib ketdi.