29 may kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy byudjyetga qöşimça tuşumlarni ta'minlaş, qişloq xöjaligida ğöza parvarişi, ğalla örimi, takroriy ekinlar va suvdan oqilona foydalaniş kabi muhim tadbirlarni samarali ötkaziş bilan boğliq bugungi kunda ğoyat dolzarb bölib turgan masalalarga bağişlangan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.

«Endi suv taşkiloti rahbarlari 24 soatlik rejimga ötişi kerak. Suv yöq, deydi. Bizdagi suv yetadi, agarda bu suvni töğri işlatsa, bir yilda ikki barobar köp paxta qilsa böladi. Bizda suvning egasi yöq. Hamroyev (Şavkat Hamroyev, suv xöjaligi vaziri - tah.) sen ham uyğongin. Seni vazir qildim, endi eski tos, eski hammom qilib, bulbuldek sayraşing kerak emas menga. Suv limitidan oqilona foydalanişni qat'iy nazoratga olişimiz şart. Bugundan boşlab suv xöjaligi tizimida qat'iy intizom örnatmasak, közlangan maqsadga yeta olmaymiz. 

Oldimizda qiyin masala turibdi, hamma oyoqqa turib, odamlarni boqişimiz kerak. Televizorda ham faqat ura-urani emas, balki mana şu narsalarni körsatiş kerak. Suvni 24 soat nazorat qilişimiz kerak. U 24 soat oqadi, biz esa uç soat ham nazorat qilmaymiz. Albatta, keyin suv bölmaydida, hamma suv zovurda!», - deya prezidentning sözlarini keltirgan Kun.uz muxbir

Yiğilişda suv tanqisligi kutilayotgan Qaşqadaryo viloyatida takroriy ekin maydonlari 30 ming gektarga, Samarqand viloyatida 42 ming gektarga, Buxoro viloyatida 20 ming gektarga, Navoiy viloyatida 14 ming gektarga va Qoraqalpoğistonda 10 ming gektarga kamaytirilişi ma'lum qilindi.