Madridning «Real» klubi himoyaçisi Serxio Ramosga noma'lum şaxslar telefon orqali qönğiroq qilib, öldiriş bilan tahdid qilişgan. 

COPE ma'lumotiga köra, noma'lum şaxslar bilan ispaniyalikning oila a'zolari muloqot qilgan, şundan söng ular telefon raqamlarini özgartirişga majbur böldi.

Qönğiroqlarga Çempionlar ligasi final öyinidagi hodisa sabab bölgan. «Qaymoqranglilar»ning 32 yoşli sardori uçraşuv davomida «Liverpul» hujumçisi Muhammad Saloh bilan töqnaşib ketdi. Natijada misrlik yelkasidan jarohat oldi va bahsni davom ettira olmadi. 

«Real» finalda «qizillar» ustidan 3:1 hisobida zafar quçdi va Çempionlar ligasi kubogi sohibiga aylandi.