Joriy yilning 9-10 iyun kunlari Xitoyning Tsindao şahrida bölib ötadigan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammiti yakunlari böyiça taxminan 20ta hujjat qabul qilinadi. Bu haqda taşkilot boş kotibi Raşid Alimov ma'lumot berdi.

"Tsindaodagi sammit yakunlari böyiça deyarli 20ta hujjatning qabul qilinişi kutilmoqda. Ular mintaqaviy hamda xalqaro kun tartibining deyarli barça jihatlariga aloqador. Terrorizmga qarşi ayovsiz kuraş va ekstremizm bilan kuraşişdan tortib, savdo, iqtisodiyot, atrof-muhitni muhofaza qilişdagi hamkorlikni kengaytirişga qadar", - deya ma'lum qildi Alimov ŞHTning birinçi mediasammiti oçilişida.

Uning aniqlik kiritişiça, Tsindao deklaratsiyasi yakuniy, asosiy siyosiy hujjatga aylanadi.

Bundan taşqari, davlat rahbarlari yoşlarga maxsus murojaat qabul qiladi. U ŞHT yoş avlodi bilan köproq işlaşga turtki beradi. Alimovning qöşimça qilişiça, madaniyat, ilm-fan va ta'lim sohasidagi özaro aloqalarga alohida e'tibor qaratiladi. YuNeSKO bilan hamkorlik töğrisida memorandum imzolanişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekiston harbiylari ŞHTning «Tinç missiya-2018» maşqlarida iştirok etişi ma'lum qilingandi.