Ispaniyalik tennisçi, Madridning «Real» klubi işqibozi bölgan Rafael Nadal Zayniddin Zidan jamoa boş murabbiyi lavozimidan ketayotganidan afsusda ekanini bildirdi.

«Bu syurpriz böldi, men qator sabablarga köra uning ketişiga işongim kelmayapti. Birinçidan, u yaxşi murabbiy va klub bilan köp narsaga erişdi. Ikkinçidan, u yaxşi, kamtar inson, töğri qadriyatlarni özida aks ettiradi hamda sport va hayotda misol böladi oladi.

Zidan har doim xotirjam bölib, öyinçilar va jamoaga işonib keldi. U eng yaxşisini tanlaşga haqli. Men unga faqat minnatdorlik bildirişim mumkin. Umid qilamanki, Zidan qaçonlardir «Real»ga qaytadi», - deya Nadalning sözlarini keltiradi AS.

45 yoşli fransiyalik mutaxassis «qaymoqranglilarga» 2016 yildan beri ustozlik qilib kelayotgandi. Jamoa uning qöl ostida Çempionlar ligasida uç bor ğalaba qozondi, ikki marta UYeFA superkubogida zafar quçdi va klublar örtasidagi jahon çempionatida tengsiz böldi. Şuningdek, klub Ispaniya çempioni va Ispaniya superkubogi sohibiga aylandi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Zidan «Real»dan ketayotgani haqida ma'lum qilgandi.