YeXHTning maxsus monitoring missiyasi iştirokçilari 2014 yil iyul oyida Donetsk uzra osmonda urib tuşirilgan Malayziyaning Boeing 777 halokatini suriştiruvdan ötkaziş jarayonida iştirok etişmayapti. Bu haqda YeXHTning Ukrainadagi maxsus monitoring missiyasi rahbari örinbosari Aleksandr Xug ma'lum qildi.

«Bizda monitoringni amalga oşirişga mandat bor. Biz uni 2014 yildan beri bajarmoqdamiz hamda bu hisobotda samolyot halokatga uçragan tumanda bölganimizga guvoh bölişingiz mumkin. Biz halokat joyiga borişga kömak körsatdik, bu jasadlar qoldiqlarini olib ketişni ta'minlaş uçun kerak edi. Biz talab etiladigan bölsa, buni qilişda davom etamiz», - deya ta'kidlab ötgan u.

U bu iş böyiça ma'lumotlar bor ekaniga doir savolga javob qaytarib, halokatni suriştiruvdan ötkaziş vakolatli organlar vazifasi ekanini ta'kidlab ötdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov MN17 böyiça vaziyatni Skripallar işi bilan tenglaştirgandi.