Ispaniya Sotsialistik partiyasi yetakçisi Pedro Sançes mamlakat boş vaziri sifatida qasamyod keltirdi. Bu haqda El Pais xabar bermoqda.
Marosim Ispaniya qiroli Filipp VI iştirokida bölib ötdi. Sançes mamlakat va qirolga xizmatida «öz majburiyatlarini vijdonan va halol bajarişga» va'da berdi.
Naşrning ta'kidlaşiça, marosim katolik diniy belgilarisiz ötgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ispaniya parlamenti mamlakat hukumati va boş vaziri Mariano Raxoyga impiçment e'lon qilgani xabar berilgandi. Ta'kidlanişiça, bunday qaror 2013 yilda avj olgan va hozirgaça suriştiruvdan ötkazilayotgan korrupsiya mojarosi tufayli qabul qilingan.












