Jahon | 12:19 / 02.06.2018
17665
2 daqiqa o‘qiladi

Paxtadan bo‘shagan yerlarni ijaraga olishda ustuvor huquqqa ega shaxslar toifasi belgilandi

Foto: KUN.UZ

Hukumatning 2018 yil 30 maydagi qaroriga muvofiq paxtadan bo‘shagan yerlarni qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun uzoq muddatli ijaraga olishda ba'zi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar ustuvor huquqqa ega bo‘ladi, deb xabar qilmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Ular: 

logistika markazlari (meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, birlamchi yoki chuqur qayta ishlash bo‘yicha quvvatlar, qishloq xo‘jaligi texnikasi), shuningdek, ichki va tashqi bozorda meva-sabzavot mahsulotlarini sotish tajribasiga ega shaxslar;

zamonaviy issiqxona xo‘jaliklari va intensiv bog‘lar yaratish va ulardan foydalanish tajribasiga ega shaxslar;

qo‘shimcha qiymatlar zanjiri bo‘yicha klaster usulida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun shaxsiy va jalb qilingan moliyaviy mablag‘larga ega shaxslar;

meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va sotish, jumladan eksport qilishni tashkil qilish, zamonaviy resurs va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, yangi ish o‘rinlari yaratish vazifalarini o‘z zimmasiga oladigan o‘zaro bog‘liq korxonalar guruhlari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev paxta terimi va majburiy mehnatni tilga olgandi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid