Ukrainalik sharhlovchilar Rossiyadagi jahon chempionati o‘yinlarini yoritishni xohlashmayapti.
Sport Arena ma'lumotiga ko‘ra, «Inter» telekanali o‘yinlarning translyatsiyasi uchun ishga sharhlovchilarni qidirish bilan band, biroq deyarli barcha jurnalistlar bunday imkoniyatdan bosh tortishmoqda.
«Men u yerda ishlagandan ko‘ra, «Inter» kanalini yopganim yaxshiroq. Bunday vaqtda Ukrainaga qarshi pozitsiyadagi kanalda qanday ishlash mumkin ekanini tushuna olmayapman», - deya ma'lum qilgan ukrainalik taniqli sharhlovchilardan biri Denis Bosyanok.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JCh-2018 Rossiya iqtisodiyotiga qanday ta'sir qilishi aytilgandi.

















