«Nasaf» klubi moliyaviy muammolar tufayli bir qança futbolçilari bilan xayrlaşişi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Birinçi bölib jamoani yarimhimoyaçi Jasur Hasanov tark etdi. Tajribali futbolçi buning sabablari haqida Sports.uznaşriga intervyu berdi.

«Rostdan, mening «Nasaf»dan ketişim kutilmagan holat böldi. Menimça, bunday bölişini heç kim öylamagandi. Ayni paytda köpçilikning oğzida «Nasaf»da pul yöq, maoşlar vaqtida berilmayapti, legionerlar klubdan ketarkan, degan gaplar yuribdi. Lekin mening ketişimga bularning mutlaqo ta'siri yöq. Oylik maoş yoki mukofot pullarini bermayotgani heç qanday sabab emas. U yerdan ketganimning sababi umuman boşqa. Mening muxlislarga heç qanday e'tirozim yöq. Aksinça, qöllab-quvvatlaşgani uçun ulardan minnatdorman. Şu bois işqibozlardan mingdan-ming roziman. Men doim muxlislar bilan birgaman. Ketişimning aniq sababini ayta olmayman, buni özim bilaman. Ammo buni baribir aytişga majburman, faqat vaqti soati kelganda aytaman. Hozir esa podadan oldin çang çiqarmoqçi emasman» - dedi Hasanov. 

Şundan söng, futbolçi kelajakda qaysi jamoada töp surmoqçi ekani haqida gapirdi.

«Hozir menga «Söğdiyona» va 5-6 ta klub qiziqiş bildiryapti. Lekin hali heç kimga aniq javob berganim yöq. Çunki variantlarim köp. Qolaversa, Superligada biroz ta'til böladi. Şu payt davomida hammasini öylab çiqib, keyin bir qarorga kelaman. Töğri, Jizzax jamoasi bilan oğzaki gaplaşdim. Lekin örtamizda biror nimani hal qiladigan gap bölgani yöq. Sözda boşqa, amalda boşqa bölişi mumkin. Ayni paytda heç kimga falonçi klubga ötaman deb ayta olmayman. Menimça, tez orada hal bölib qoladi» - dedi Hasanov.