Madridning «Real» klubi sobiq boş murabbiyi Zayniddin Zidan 31 mayga jamoa murabbiylar ştabi a'zolari bilan rejalaştirilgan uçraşuvni, klubdan ketişini e'lon qilganidan bir kun avval bekor etgan. Bu haqda AS naşri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga köra, Zidanning yordamçilari fransiyalikning jamoa boş murabbiyi lavozimini tark etiş haqidagi qaroridan qattiq hayratga tuşişgan va buni mutaxassis navbatdan taşqari matbuot anjumani ötkazişidan avval bilişmagan.
Avvalroq, Zayniddin Zidan klubni Kriştianu Ronaldu şartnomasini uzaytirişdagi muammo sababli tark etişga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ma'lumotlarga köra, Zidanni Ronaldu va Garet Beylning klubdagi kelgusi taqdiri bilan boğliq mavhumlik taşvişlantirgan. Bundan taşqari, Zidan va klub prezidenti Florentino Peres örtasida transfer siyosati böyiça ziddiyat yuzaga kelgan.
Eslatib ötamiz, Zayniddin Zidan 31 may kuni «Real»dan ketişi haqida rasman ma'lum qildi.












