2018 yil 31 may kuni Toşkent viloyatining Yangiyöl şahrida yaşovçi, nafaqaxör, S.I.ning xonadonidan, şu yerda vaqtinça ijarada yaşagan Ç.A. ismli ayol va birga yaşagan qizi R.A.ning jasadlari topilgan.
Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar bermoqda.
Şuningdek, Ç.A.ning yana bir 10 yoşli qizi R.A. hamda birga ijarada yaşovçi tanişi S.E.lar tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Körilgan tezkor qidiruv çoralari natijasida uşbu jinoyatni Yangiyöl tumanida yaşovçi, muqaddam sudlangan, L.B. özaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlanib, qölga olingan.












