Suriyaning Idlib şahrida joylaşgan qoçqinlar lagerida istiqomat qilayotgan beş bolaning onasi Fadiya Hanzal «Ramazon oyi boşlanganidan buyon bir piyola suv bilan röza tutib kelmoqdaman», dedi. Bu haqda “Anadölu” agentligi xabar bermoqda.Suriyaning Idlib şahrida joylaşgan qoçqinlar lagerida beş bolasi bilan istiqomat qilayotgan Fadiya Hanzal Ramazon oyini yemaksiz ötkazmoqda. Hayit yaqinlaşar ekan, öz bolalariga bayramga yangi kiyim-keçak xarid qilişga ham imkoniyati yöq ona tinçlik rejimining tezroq qaytişini duo qilib söramoqda.

Foto: aa.com.tr

Suriyadagi fuqarolik uruşi tufayli Ramazon oyida ham mamlakatning turli burçaklarida millionlab insonlar ustiga bomba yoğdirilmoqda.

Bu yil Ramazonni ötkaziş eng qiyin bölgan joylardan biri qoçqinlar lageri bölib turibdi.

Başar Asad rejimining zarbalariga duçor bölayotgan, öz yaşaş joylaridan köra bir qadar xavfsizroq bölgan lagerlarga köçgan ön minglab oilalar Ramazon oyida yordam kutişmoqda.

Idlibdagi «Şuhado» (şahidlar) lagerida yaşayotgan Fadiya Hanzal “Anadölu” agentligi muxbiriga Ramazon oyi kirib kelganidan buyon röza tutayotganini ma'lum qilgan.

Foto: aa.com.tr

Hama viloyatidan köçişga majbur bölgan Hanzal Suriyaning Turkiya bilan çegaradoş hududidagi qoçqinlar lagerida beş bolasi bilan heç qanday daromadlarsiz öz hayotini davom ettirmoqda.

Hanzal özining moliyaviy ahvoli öta tang ekanligini bayon etib, şunday dedi: «Oşxonada yeyişga heç vaqo yöq, bolalarimning xohişi meni ezadi, ularning istagini qondira olmayapman. Bolalarim Ramazon oyi boşlangaç mevalar, göştli mahsulotlar yeyişni istaşdi, lekin mening olib berişga qurbim yöq».

Asad rejimi şifoxonalaridan birida tutqunda bölgan 32 yoşli Hanzal şunday deydi: «Rejim askarlari erim, qaynotam va ukamni 2014 yilda hibsga olgan. Asad rejimi tarafdorlari oilamizga bosim va tahdidni boşlab yuborişdi. Men eng kiçik qizimga homiladorlik çoğimdan boşlab boşqa bolalarim bilan lagerma-lager köçib yurişga majbur böldim».