Abdulla Avloniyning maşhur iborasini sal özgartirib aytaman: “Meni yuz yildan söng uyğotsangiz, futbolda haliyam “Real Madrid” YeÇLni yengib yurganini körsam, ajablanmayman!”

YeÇL bahslarining navbatdagi mavsumi ham tugadi. Yana qirollik klubi çempion böldi. Xuddi “Atletiko”ni, xuddi “Yuventus”ni yengganidek, raqibini ikkinçi bölimda taslim etib yengdi. Bir-biridan farqli raqiblarni, uslubi turliça bölgan mamlakat maktablarini parçalaşda davom etmoqda “Real”!

Maqolamiz avvalidayoq köpçilik tomonidan muhokama qilinayotgan “Real” etalonmi, degan savolga javob berib ketsak, nima dedingiz?!

Hamkasblarimizdan biri Qahramon Aslanov bu borada çiroyli ta'rif keltirgan:

“Bu savol berilaveradi, berilaveradi. Yöq, deyiş uçun «Real»ning sönggi beş yilda tört marta tengsiz bölgani xalaqit beradi. Ha, deyiş uçun esa, jamoa öyinida, aytaylik, boşqa top jamoalarda bölmagan, hamma intilişi kerak bölgan alohida jihatlarni payqamaysiz.

Boşqaça aytiş mumkin lekin. «Real» etalon emas. «Real» Yevropa futbolining çöqqisi emas. Aslida, bugungi kundagi haqiqiy çöqqi «Real»ni yutiş, «Real»dan kuçliroq bölişdir. Öşa çöqqi hozir böş...”. 

Mening fikrim sal boşqaçaroq: Bugungi “Real” etalon vazifasiga loyiqmi, yöqmi, bilmadimu, jamoaning özi asriy futbolda etalon. Mutloq etalon. Uning etalonligiga 13ta sababni keltirib ötaman. Nega 13taligini esa tuşundingiz menimça?!

Foto: Twitter/ChampionsLeague

1. “Real” – ibtido!

Nega ibtido, deysizmi, tuşuntiraman. Real YeÇLning nomi Yevropa çempionlar kubogi bölgan davrlarda ham ğoliblik masalasida kuçli bölgan. Beş marotaba qatorasiga kubokni boşi uzra kötarib, uşbu turnirning egasi aslida özi ekanligini öşandayoq e'lon qilib bölgan. Şu yillargaça öşa qatorasiga qozonilgan ğalabalarni tasavvur qilişimiz qiyin edi, bugungi “Real” bu kayfiyatni tuşuntirib berdi: demak, oltmişinçi yillar avvalidagi “Real” ham deyarli şunaqaroq yutib yurgan ekan. Özi umuman rasman 20-asrning tengsiz klubi deb topilgan klub haqida boşqaça ta'rif işlatib bölarmidi?!