Şvetsiyada muhojirlarning köplab kelgani sababli arab tili tarqalganlik böyiça şved tilidan keyin ikkinçi tilga aylandi. Bu til 200 mingdan köproq odam uçun ona tili hisoblanadi. Bu haqda şvetsiyalik tilşunos Mikael Parkvall yozdi.

Olimning fikriça, arab tili avval ikkinçi örinni egallagan fin tilini siqib çiqargan. 

Oxirgi yillarda Şvetsiyaga Yaqin Şarq davlatlaridan ön minglab muhojirlar kelgan. 2015 yilda mamlakat 163 ming, keyingi ikki yil davomida esa 55 ming muhojirni qabul qilgan.

Ta'kidlanişiça, olim tomonidan olingan ma'lumotlar norasmiy hisoblanadi, çunki Şvetsiyada davlat darajasida bunday statistika mamlakatda yaşovçi etnik guruhlarni haqoratlaşi mumkin degan fikrda olib borilmaydi.