Tailandda oşqozonida 80 ta plastik paket tiqilib qolgan qora delfin nobud böldi. Bu haqda The Independent naşri ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, zoologlar delfinni qutqarmoqçi bölişga urinişayotganda u 5 ta paketni qayt qilib çiqarib yuborgan.
Biolog-okeanograf Ton Tamrongnavasavatning aytişiça, delfinning yutib yuborgan paketlar sababli tirik qolişga imkoni bölmagan, çunki u ozuqa qabul qila olmay qolgan.
Olimning ta'kidlaşiça, Tailandda plastik çiqindilar sababli har yili 300 ga yaqin dengiz jonzoti, jumladan delfin, toşbaqa va kitlar nobud böladi.
Xitoy, Indoneziya, Filippin, Vetnam va Tailand atrof-muhitni ifloslantiruvçi eng yirik davlatlar hisoblanib, ularning hisobiga barça plastik çiqindilarning yarmidan köpi töğri keladi.

















