3 iyun - Xalqaro velosiped kuni munosabati bilan ilk marotaba Toşkent şahri, “Aşxobod” sayilgohida velomarafon ötkazildi. Unda Özbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, çet el taşklotlari xodimlari va barça havaskorlar iştirok etişdi. 

Foto: Özbekiston velosport federatsiyasi

Tantanali marosimda Turkmanistonning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi janob Şiri Şiriyev, Birlaşgan Millatlar Taşkiloti va BMT Taraqqiyot dasturining Özbekiston Respublikasidagi doimiy vakili Helena Freyzer va  Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Şoakram Isroilovlar sözga çiqişdi.

Mazkur velopoygada 400ga yaqin iştirokçi qatnaşib, 4,5 km masofani bosib ötişdi.

Foto: Özbekiston velosport federatsiyasi

Xuddi ana şunday tadbir Toşkent viloyatining Quyiçirçiq tumanida “Soğlom oila - jamiyat boyligi” şiori ostida ötkazildi.

Mazkur velomarafon Toşkent viloyati Xotin-qizlar qömitasi, Toşkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boşqarmasi hamda Özbekiston velosiped sporti Federatsiyasi Toşkent viloyati taşabbusi bilan ötkazildi.

Musobaqa uç yoş toifasida: 18-30, 31-45 va 45 yoşdan oşgan ayollar örtasida taşkil etildi. Marafonda nafaqat professional sportçilar, balki Quyiçirçiq tumanida patronaj xizmatini olib borayotgan oddiy hamşiralar ham iştirok etişdi. 

Quyiçirçiq tumanining “Oydinobod” MFY, Oqqörğon köçasi böylab jami 2,5 km masofaga ötkazilgan marofonda Quyiçirçiq va unga yaqin hududlardagi tumanlardan 150 nafarga yaqin xotin-qiz iştirok etişdi. “Ğalabaga bölgan intilişi uçun”, “Eng faol ayol poygaçi”, “Eng yoş ayol poygaçi”, “Eng mahoratli poygaçi” va “Eng yoşi uluğ poygaçi” nominatsiyalari böyiça ğoliblar aniqlanib, ular taşkilotçilar tomonidan diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlanişdi.