"Bu kodni heç kimga oşkor qilmang!" - gap bir martalik kod va parollar haqida borganda bu şu qadar tabiiy javobdek tuyuladiki, uni har safar takrorlaşga hojat yöqdek göyo. Biroq har xil vaziyat böladi, deb yozadi Kasperskiy laboratoriyasining internet tahlilçilari.

Yordam haqidagi muloyim murojaat

Fişingga şunday misol keltiriş mumkin. Inson taxminan quyidagi mazmundagi SMS-xabarni oladi:

"Xayrli kun, siz meni tanimaysiz, lekin sizning telefon raqamingiz bir paytlar menga tegişli bölgan. Eski raqamimga boğlangan eski akkauntlarimdan birini loginlaşga urinyapman, biroq u eski raqamimga borgan faollaştiruv kodini talab qilmoqda. Şu kod kelganda uni menga yuborişingizni iltimos qilsam, sizga noqulaylik tuğdirmaymanmi? Oldindan katta rahmat".

Agar telefon raqamidan uzoq vaqt foydalanilmasa, uyali operatorlar haqiqatda uni öçirib qöyişadi va boşqa odamga sotib yuborişadi — şunday ekan, sizning raqamingizning qaçonlardir boşqa egasi bölganligiga işonasiz, ayniqsa, raqamni yaqindagina olgan bölsangiz.

Agar iltimosnoma yetarliça aqlli tilda yozilgan bölsa, işonçli körinadi - xuşmuomala insonga yordam berişga tayyor ğamxör kişilar kodni yöllaşga va'da berişadi. Kod kelgaç, uni xabar muallifiga yuborişadi, u esa bunga javoban samimiy minnatdorçilik bildiradi. Aslida esa ular bu insonga öz akkauntlariga kiriş imkonini bergan bölişadi.

Akkauntlarni qöpol ravişda buziş yoki aslida nima röy berdi

Ehtimol, bu qaçonlardir sizning raqamingiz tegişli bölgan va haqiqatda ayni damda yordamingiz kerak bölgan inson bölişi mumkin. Biroq bunday ehtimol juda kam. Bu aslida fişing bölganligiga oid ehtimol köproq. Yana nima ham röy bergan bölişi mumkin?

Yovuz niyatli kimsa tarmoq kengliklarida ma'lum bir elektron poçtasi va telefon raqami bir-biri bilan boğliq ekani haqidagi ma'lumotga duç keladi - bu esa sizning telefon raqamingiz va manzilingiz böladi. Agar Yahoo, Twitter yoki LinkedIn'da (yoki sönggi bir neça yilda ma'lumotlar tarqalişi qayd etilgan yuzlab servislardan birida) sizning akkauntingiz bölgan bölsa, telefonning ma'lum bir raqami sizning poçtangiz bilan boğliqligi haqidagi ma'lumotni topiş qiyinçilik tuğdirmaydi.