Ötgan seşanba kuni keçqurun Jon Kennedi nomli xalqaro aeroportda politsiya va şoşilinç yordam körsatiş xodimlari 1623-reysni örab olişdi. JetBlue Airbus A321 samolyoti bortiga maxsus kuçlar kötarildi. Bularning bariga dispetçerlar samolyotni qölga olingan deb hisoblaşgani uçun röy bergan, biroq ma'lumot xato bölib çiqqan.
Samolyot bortida yovuz kuçlar bölmagan. Tört soatdan keyin samolyot parvoz uçun şay bölib, yölovçilarni Los-Anjyelesga yetkaziş uçun yöl olgan. Dispetçerlarga samolyotning qölga olinganini bildiruvçi kodni yöllagan uçuvçilar reysning keçiktirilişi sababçilari bölib çiqişdi. Ma'lum bölişiça, bunday xatoga yöl qöyiş oson ekan.
Uçuvçilarga bortdan dispetçerlik punktiga ma'lumot uzatiş imkonini beruvçi bir neça kod mavjud. Muloqotning bunday usuli til bilan boğliq tösiqlarni yengiş imkonini beradi. Bundan taşqari, u favqulodda vaziyatlarda, ya'ni uçuvçi ovoz orqali ma'lumotni yetkaziş imkoniga ega bölmaganida ayni muddaodir. Faqat kodni teriş usuli takomillaştirilmagan.
Samolyot modeliga qarab kodlar yo maxsus klaviatura, yoki boşqaruv panelidagi buriliş tugmasi yordamida teriladi. Quyida ketma-ket kelgan uç muhim kod bilan bölişamiz:
7500 – samolyot qölga olinganda yoki olib qoçilganda qöllanuvçi kod;
7600 – radioqurilmalar işlamay qolganda qöllanuvçi kod;
7700 – favqulodda vaziyatga işora qiluvçi umumiy kod.
JetBlue uçuvçilari radioaloqa bilan boğliq muammolar haqida xabar qilmoqçi bölişgan, biroq birgina raqamda adaşişgan, natijada ularning samolyoti örab olingan. Federal Aviatsiya Ma'muriyati bu ma'lumotni tasdiqlagan.












