Rossiyadagi jahon çempionatida Portugaliya terma jamoasi hujumçisi Kriştianu Ronalduning xavfsizligini sobiq desantçi Nuno Marekuş va MMA’ning sobiq jangçisi Gonsalo Salgado ta'minlaydi. Bu haqda Mirror naşri ma'lum qildi.
Marekuş Ronalduni Kiyevdagi Çempionlar ligasi finali vaqtida qöriqlagan. Ma'lum qilinişiça, Marekuş xususiy qöriqçilik firmasida işlaydi. U avval Lissabon aeroportining xavfsizlik böyiça direktori bölib işlagan. Sobiq desantçi böş vaqtida buqalar jangida iştirok etib keladi.
Ronalduning ikkinçi qöriqçisi, vazni 139 kg, böyi 188 sm ni taşkil qiluvçi Salgado öta oğir vaznda MMA janglarida iştirok etib kelgan. U jangçilik faoliyatida 9 ta jang ötkazib, 7 tasida ğalaba qozongan, 2 tasida mağlub bölgan. U MMA’dagi sönggi jangini 2011 yil martda Moskvada ötkazgan va rossiyalik Arsen Adbulkerimovga mağlub bölgan.


Söngra Salgado qöriqçilik agentligini taşkil etgan. U Ronalduga bir neça yildan beri tansoqçilik qilib keladi.
Portugaliya terma jamoasi V guruhida Ispaniya (15 iyun, Soçi), Marokaş (20 iyun, Moskva, “Lujniki”) va Eron (25 iyun, Saransk) bilan bellaşadi.












