Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg milliarderlar yangi reytingini e'lon qildi. Usmonov va Mahmudov nechanchi o‘rinda?
Novolipetsk metallurgiya kombinati guruhi direktorlar kengashi raisi Vladimir Lisin Rossiyadagi eng boy milliarderga aylandi. Bundan Bloomberg Billionaires Index har kuni yangilanuvchi reytingi darak bermoqda.
Lisin jahon ro‘yxatida 45-o‘rinni egallagan ($20,2 mlrd). Rossiyalik eng boy milliarderlar orasida ikkinchi o‘rinni «Silovyye mashiny» xo‘jayini Aleksey Mordashov egalladi ($20,2 mlrd). Keyingi pog‘onadan NOVATEK boshqaruvi raisi Leonid Mixelson ($19 mlrd) joy oldi.
Shuningdek, eng boy rossiyaliklar o‘nligiga «Nornikel» prezidenti Vladimir Potanin ($18,5 mlrd), «Yevroxim» egasi Andrey Melnichenko ($16 mlrd), «Renova» guruhi direktorlar kengashi raisi Viktor Vekselberg ($15,5 mlrd), LUKOYL prezidenti Vagit Alekperov ($14,6 mlrd), Roman Abramovich ($13,9 mlrd) va Mixail Fridman ($13,5 mlrd) kirdi.
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan rossiyalik milliarder, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov 81-o‘rinda - $14,7 mlrd.
Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan yana bir milliarder Iskandar Mahmudov 278-pog‘onada qayd etilgan - $6.07 mlrd.
Dunyodagi eng boy milliarderlar ro‘yxatida o‘zgarish yo‘q - Amazon va Blue Origin asoschisi Jyeff Bezos ($138 mlrd), Microsoft hamasoschisi Bill Geyts ($93,8 mlrd) va Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffet ($82,5 mlrd).
Mavzuga oid
19:40 / 06.06.2026
Turk milliarderi latifa aytgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkin
07:40 / 25.03.2026
Dunyoda eng ko‘p milliarderlar tug‘ilgan shaharlar ma’lum qilindi
09:00 / 21.03.2026
Diniy majmualar ochilishi va 100 yilga yetadigan ma’danlar - hafta dayjesti
15:47 / 16.03.2026