Ayni vaqtda dunyoda eng qari muşuk hisoblanuvçi Rabbl (Rubble) laqabli muşuk 30 yoşga töldi. Bu haqda Daily Mail naşri ma'lum qildi. 

Buyuk Britaniyada yaşovçi meyn-kun zotidagi muşukning egasi Mişel Foster sevimli jonzoti bilan 20 yoşidan beri ajralmay kelmoqda. Foster muşugining uzoq umr körişini unga bor-yöğini bergani bilan tuşuntirmoqda. U muşugi taniqli bölib ketib, e'tibordan bezovtalanmasligi uçun rekordni rasman qayd qilişni istamayotganini aytgan. 

“U yoqimli muşuk, biroq qarib biroz vaysaqi bölib qolgan va e'tiborni unça yoqtirmaydi”, deb tan oldi Foster.

Muşuk yubileyini mahalliy veterinar klinikada nişonladi, u yerda unga sovğa sifatida bepul körik uyuştirilgan, bir oylik dorilar zaxirasi berilgan va sevimli yeguligi tortiq qilingan. Veterinarlarning aytişiça, muşukda optimal arterial qon bosimini uşlab turiş uçun unga dori berib turiş kerak, qolgan tomondan esa u soppa-soğ.

Hozirda Rabbl Ginness rekordlar kitobida eng qari muşuk sifatida qayd qilingan va şundan biroz ötib ölgan Skuter laqabli muşuk yoşida. 

Tarixdagi eng qari muşuk esa Krim Paff laqabli muşuk bölgan va u 2005 yilda 38 yoşida ölgan.