Qozoğiston Mudofaa va aerokosmik sanoat vazirligi aerokosmik qömitasi rahbari v.b. Baubek Oralmagambetovning ma'lum qilişiça, Qozoğiston Rossiyadan Boyqönğirda «Zenit» raketalarini uçiriş uçun infratuzilmani qabul qilib oldi, biroq hujjatlarni rasmiylaştiriş hali yakunlanmagan. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Oralmagambetovning ta'kidlaşiça, Qozoğiston tomoni infratuzilmaning 212ta obektini qabul qilib oldi, yana 31ta obekt böyiça hujjatlar muvofiqlaştirildi hamda tasdiqlaş uçun taqdim etilgan.

«Ayni vaqtda obektlarni Rossiya Federatsiyasi tomonidan ijaraga olingan tarkibdan «Zenit-M» raketa kosmik majmuasi yerusti kosmik infratuzilmasi obektlarini çiqariş töğrisida akt rasmiylaştirilmoqda, u Boyqönğir kompleksi böyiça Qozoğiston-Rossiya hukumatlararo komissiyasi hamraislariga tasdiqlaş uçun yuboriladi», - deya qöşimça qilib ötdi Oralmagambetov.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya harbiylarini Boyqönğirdan butunlay olib çiqib ketişi mumkin ekani xabar qilingandi.