Microsoft birgalikda işlab çiqiş uçun GitHub servisi xarid qilinganini tasdiqladi. Kelişuv qiymati 7,5 mlrd dollarga teng, xaridor bu summani öz aksiyalari bilan tölaydi.
Microsoft oçiq kodga ega loyihalarni rivojlantiriş tarafdori, deyiladi Microsoft rahbari Satya Nadellaning bayonotida. Uning bildirişiça, Microsoft dasturlaş tillari, texnologiyalar va bulutli servislar böyiça çeklovlar kiritiş niyatida emas, ular işlab çiquvçilar tomonidan GitHub’da qöllaniladi.
«Birinçidan, biz işlab çiqişning hayot sikli har bir bosqiçida işlab çiqaruvçilar imkoniyatlarini kengaytiramiz - ğoyadan tortib birgalikda işlaş va bulutda loyiha joylaştirişgaça. GitHub barça işlab çiquvçilar uçun oçiq platforma bölib qoladi.
Ikkinçidan, biz GitHub korporativ işlab çiquvçilar tomonidan foydalanilişini rivojlantiramiz, bunda savdo bölimlari, şeriklik kanallari qöllaniladi, şuningdek, Microsoft global bulutli infratuzilmasi va xizmatlari taqdim etiladi», - deydi Microsoft rahbari Satya Nadella.
Tomonlar kelişuvni 2018 yil davomida yopişga umid qilmoqda. U GitHub’ga 2012 yilda 100 mln dollar sarmoya kiritgan Andreessen Horowitz jamğarmasiga endi katta daromad keltiradi (taxminan 1 mlrd dollar), deya ta'kidlaydi Recode.












