Amerikalik davlat arbobi, AQŞning sobiq Mudofaa vaziri Frenk Karluççi 88 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Pentagonning amaldagi rahbari Jyeyms Mettis ma'lum qilgan.
«Sobiq mudofaa vaziri Frenk Karluççining vafoti munosabati bilan çuqur hamdardlik bildiraman», deyilgan Mettisning ta'ziyanomasida.
Mettis Karluççi «AQŞning 4 prezidenti davrida, respublikaçilar va demokratlar davrida, harbiy-dengiz kuçlari safida leytenant, Portugaliyadagi elçi, MQB direktori örinbosari va Mudofaa vazirligidagi turli lavozimlarda millatga xizmat qilgani»ni e'tirof etgan.
Ma'lumot uçun, Karluççi 1987 yildan 1989 yilga qadar AQŞ Mudofaa vaziri bölgan.












