Bugun, 5 iyun kuni Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligida videoselektor yiğilişi bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Yiğiliş kun tartibida hududlarda byudjyetga qöşimça daromadlarni safarbar qiliş, bu borada belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlaşda Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahri hamda şaharlar va tumanlar mahalliy ijro hokimiyat organlari, soliq va moliya idoralari rahbarlarining şaxsiy mas'uliyati va javobgarligi, şuningdek, respublika hududlarida inflyatsiyaning oldini oliş, çorva va boşqa qişloq xöjaligi oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqarişni köpaytiriş orqali narxlar barqarorligini ta'minlaşda hududlar va tarmoqlar rahbarlari tomonidan amalga oşirilayotgan çora-tadbirlar muhokama qilinadi.