UYeFA intizom qömitasi «Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffonni Çempionlar Ligasi çorakfinalidan örin olgan «Real»ga (3:1) qarşi safar öyinidagi qiliği uçun jazoladi.

39 yoşli posbon boş hakam Maykl Oliver qaroridan qattiq norozi bölib, uni haqorat qilgani uçun yevrokuboklardagi 3ta öyinga diskvalifikatsiya qilindi.

Eslatib ötamiz, Buffon öyinning sönggi daqiqasida penalti belgilagan hakamni «qalbining örnida çiqindi qutisi bölgan inson» deb aytgan edi.

Avvalroq, Buffon «Yuventus»ni tark etganini e'lon qildi. U bilan «PSJ» klubi qiziqmoqda.