«Şaxtyor» va «Mançester Yunayted» braziliyalik yarim himoyaçi Fred transferi böyiça yakuniy kelişuvga erişgan.
Klublar hozirça kelişuvning barça jihatlarini oşkor etişmadi, ammo «MYu» 25 yoşli uşbu xavbek uçun 60 million yevro atrofidagi mablağ tölaşi ma'lum bölgan.
Braziliyalik futbolçi «qizil iblislar» bilan 5 yillik şartnoma tuzadi, uning yillik maoşi miqdori 5 million yevroga teng böladi.
Tayanç yarim himoyasida harakat qiluvçi Fred «Şaxtyor»da 5 yildan buyon töp surib kelayotgandi – u donetskliklar klubiga 2013 yilda «Internasonal»dan kelib qöşilgan. Braziliyalik xavbek konçilar jamoasi safida jami 155 öyin ötkazib, jami 15 gol urgan va 15 golga uzatma bergan.












