Özbekiston Respublikasi prezidentining «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oşiriş va ularning mamlakatda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol iştirokini ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini tubdan takomillaştiriş, ularning mamlakatda amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol iştirokini ta'minlaş, şuningdek, 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izçil amalga oşiriş maqsadida Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning 2018/2019 öquv yilidan boşlab:
- alohida ta'lim yönalişlari böyiça öqiş muddati kamida uç yil bölgan bakalavriat hamda kamida bir yil bölgan magistraturani joriy etiş, bunda magistraturada mutaxassislar tayyorlaşni işlab çiqariş (amaliy) (kamida bir yil) va ilmiy-pedagogik (kamida ikki yil) yönalişlarga ixtisoslaşgan dasturlar asosida taşkil etiş;
- oliy ta'lim muassasalari bakalavriatiga qabul qiliş kvotalaridan taşqari xorijiy fuqarolarni suhbat asosida test sinovlarisiz öqişga qabul qiliş töğrisidagi takliflariga rozilik berilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralarning viza talabnomalariga asosan öqişga kiriş istagini bildirgan xorijiy fuqarolarning kiriş vizalarini örnatilgan tartibda konsullik va boşqa tölovlarni undirmagan holda rasmiylaştirsin.
2018/2019 öquv yilidan boşlab tayanç (yetakçi) oliy ta'lim muassasalari tomonidan tegişli ta'lim yönalişlari va mutaxassisliklari böyiça öquv rejalari va dasturlarini kadrlar buyurtmaçilarining ehtiyojlaridan kelib çiqib, mustaqil ravişda işlab çiqiş hamda Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlaş tartibi joriy etilsin.
Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufida oliy ta'lim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) ikki oy muddatda Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qiliş va baholaş tizimi töğrisidagi nizomni işlab çiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin, bunda asosiy e'tiborni:
- baholaş tizimi va mezonlarini uzluksiz ta'lim tizimining bosqiçlariga muvofiqlaştirişga;
- ta'lim yönalişlarining öziga xos jihatlarini inobatga olgan holda talabalar bilimini baholaşning zamonaviy, şaffof va adolatli (avtomatlaştirilgan, portfolio, test sinovlari, ijodiy iş, antiplagiat va h.k.) usullarini, şu jumladan, muayyan fandan dars bergan pedagogning yakuniy nazorat jarayonlaridagi iştirokini istisno etadigan tizimni joriy etişga;












