Jamiyat | 17:44 / 07.06.2018
40561
5 daqiqa o‘qiladi

«Agrobank» xodimlariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi haqida batafsil ma'lumot berildi

Foto: Belta.by

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Farg‘ona viloyat boshqarmasi, So‘x tuman bo‘limi, tuman prokuraturasi va DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ATB «Agrobank» So‘x tuman filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Sh. bankning yuqori lavozimlarida ishlovchi tanishlari orqali «Azamati Buzurg» MChJga ajratilayotgan 500,0 mln so‘m kreditni tezroq chiqartirib berish evaziga fuqaro I.dan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xabar berdi.

ATB «Agrobank» So‘x tuman filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Sh. qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, pulni Farg‘ona shahriga qatnovchi taksi haydovchilari orqali ATB «Agro bank» Farg‘ona viloyat boshqarmasi «Tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash sho‘'basi» mudiri S.ga yetkazib berishi kerakligi haqida tushuntirish bergan hamda jinoyatni ochishda faol yordam berishini bildirib ariza bergan. 

Ushbu arizaga asosan tezkor xodimlar tomonidan tadbir davom ettirilib, bankning yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali «Azamati Buzurg» MChJga 500,0 mln. so‘m kreditni tezroq chiqartirib berish evaziga «yollanma haydovchi» B.dan 1000 AQSh dollarini olayotgan ATB «Agro bank» Farg‘ona viloyat boshqarmasi «Tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash sho‘'basi» mudiri S. ham ashyoviy dalil bilan ushlangan.

ATB «Agro bank» Farg‘ona viloyat boshqarmasi «Tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash sho‘'basi» mudiri S. qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, jinoyatni ochishda faol yordam berishini bildirib bergan arizasiga asosan tadbir davom ettirilib, ATB «Agrobank» Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X., S.dan 1000 AQSh dollarini sanab olib, 200 AQSh dollarini yonida saqlab turishini aytib qaytarib berib, 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

X. qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, pulni respublika «Agro bank»da ishlovchi «O» ismli shaxsga berishi kerakligini, pullarni yo‘lovchi taksi orqali jo‘natishi kerakligi haqida bergan arizasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilgan.

Tadbirda, ATB «Agrobank» Respublika markaziy apparati «Kreditlash departamenti» bosh mutaxassisi O. telefon orqali ATB «Agrobank» Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X.ga «Azamati Buzurg» MChJning 500,0 mln. so‘m kreditini tezroq chiqartirib berish masalasi, ushbu summaning 2-3 foizi evaziga hal bo‘lishini bildirib,  800 AQSh dollarining ustiga yana 500 AQSh dollari qo‘shib berishini talab qilib, «yollanma haydovchi» D.dan kimyoviy ishlov berilgan jami 1300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirgi kunda yuqoridagi holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan ATB «Agrobank» markaziy apparati «Kreditlash departamenti» bosh mutaxassisi O., ATB «Agro bank» Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari X., «Tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash sho‘'basi» mudiri S. va ATB «Agro bank» So‘x filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari Sh.larga nisbatan JKning  168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, prokuraturaga yuborilgan.

Mavzuga oid