«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida Toşkent viloyati Angren şahrida oliy ta'lim muassasasini taşkil etiş haqida petitsiya paydo böldi.
«Angren şahrida erkin iqtisodiy zona faoliyat olib borayotganligi va sanoat taşkilotlari, ularda iş örinlari köpligini inobatga olgan holda, Angren şahrida ham oliy ta'lim muassasasi taşkil etiş kerak», - deyiladi murojaat matnida.
Qayd etilişiça, Angren rivojlangan sanoat markazi bölib, angrenlik köpçilik yoşlarda oliy ta'lim muassasasida öqişga kirib, ta'lim oliş va Özbekistonga xizmat qiliş istagi kuçli ekan. Toşkent şahri yoki boşqa şaharlarga qatnab öqiş Angren şahridagi yoşlar hamda ularning oila a'zolari uçun köplab qiyinçiliklarni tuğdiradi.
«Şu sababdan Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universitetining Angren şahar filiali yoki boşqa bir sanoat sohasida kadrlar tayyorlovçi oliy öquv yurti taşkil etilsa, maqsadga muvofiq bölar edi», - deyiladi murojaatda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda nafaqalar tayinlaşni qayta körib çiqiş taklif etilgandi.












