Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) qozoğistonlik Gennadiy Golovkinni örta vazn toifasidagi jahon çempionligi kamaridan mahrum qildi. Bu haqda IBF xabarida aytiladi.

Bunday qaror 36 yoşli Golovkin 3 avgustgaça IBF kamariga majburiy da'vogar ukrainalik Sergey Derevyançenko bilan jang ötkazişga yozma rozilik berişdan boş tortgani sabab qabul qilindi.

Bu IBF qozoğistonlik boksçiga 5 may kuni amerikalik Vanes Martirosyanga qarşi jang ötkazişga ruxsat berganida qöygan şartlardan biri edi.

Şunday qilib, IBF’ning örta vazn toifasida kamari böş, deb e'lon qilindi. Yaqin vaqt içida taşkilot ikki yetakçi da'vogarni aniqlaydi hamda ularga jang ötkaziş böyiça muzokaralar olib boriş majburiyatini yuklaydi.

Golovkin professional ringda ötkazgan 39 jangining 38tasida ğalaba qozongan bölib, uçta boşqa yönaliş - WBA, WBC va IBO böyiça öz vazn toifasida jahon çempioni bölib turibdi.