Gvatemaladagi Fuego vulqoni otilishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 99 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Gvatemala sud tibbiyoti milliy instituti xabar bermoqda.

Oxirgi xabarlarda qurbonlar soni 86 kishi ekani aytilgandi.

«Gvatemala sud tibbiyoti milliy instituti Fuego vulqoni oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijalari bo‘yicha yangi ma'lumotlarni taqdim etdi. Unga ko‘ra qurbonlar soni 99 nafarga yetgan», deyilgan xabarda.

Shuningdek, hozircha 192 kishi bedarak ketgan deb hisoblanmoqda.