Argentinalik sobiq futbolçi Diyego Maradona Kolumbiyaning Kali şahridagi şifoxonaga yotqizildi. The Sun xabariga köra, bu yerda uning tizzasi operatsiya qilinadi.
Xabar qilinişiça, Maradona bir neça oydan buyon çap tizzasida oğriq his qilmoqda. 17 yil muqaddam uning ikki tizzasida jarrohlik amaliyoti ötkazgan jarroh German Oçoa bu safar ham operatsiya ötkazişi belgilangan. Maradona şifoxonada 6-8 kun qolişi kutilmoqda.
Biroz avvalroq Maradona Brestning «Dinamo» klubi ijroçi direktori etib tayinlangandi. Klub u bilan 3 yillik şartnoma imzolagan.












