Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondonining buyruği bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlaş tadbirlarini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida harbiy-professional tanlaş tadbirlarini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizomga köra, Milliy gvardiya Harbiy-texnik institutiga nomzodlarni öqişga qabul qiliş Özbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan tasdiqlangan Butlaş rejasiga muvofiq Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondonining Institutga qabul örinlarini ajratiş töğrisidagi buyruğiga asosan taşkil etiladi.

Harbiy-professional tanlaşda quyidagi tadbirlar taşkil etiladi va ötkaziladi:

hujjatlarni örganiş;
psixofiziologik örganiş;
tibbiy körikdan ötkaziş;
yozma iş (diktant);
kompyuter texnikasini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini egallab olganlik darajasini tekşiriş;
yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Qabul komissiyasi qabul yilining 1 fevral kunidan 31 avgust kuniga qadar faoliyat yuritadi.

Harbiy-professional tanlaş tadbirlari qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida 1 iyundan 25 iyunga qadar Institut da ötkaziladi.

Harbiy professional-tanlaş tadbirlarini ötkaziş davomida nomzodlar turar joy va oziq-ovqat bilan ta'minlanmaydi.

Nomzodlarning hujjatlarini örganiş qabul komissiyasining tegişli a'zolari tomonidan amalga oşiriladi. Bunda har bir nomzodning şaxsiy hujjatlar yiğma jildi röyxatga olinadi hamda belgilangan talablarga muvofiqligi tekşiriladi.

Psixofiziologik örganiş avtomatlaştirilgan psixofiziologik komplekslar yordamida amalga oşiriladi. Psixofiziologik örganiş nomzodning hissiy (somatik), psixoemotsional holati yaxşi bölgandagina ötkazilişi lozim. 

Nomzodlarni tibbiy körikdan ötkaziş Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qömondonining buyruği bilan tasdiqlanadigan, tibbiyot mutaxassislaridan maxsus şakllantiriladigan harbiy-tibbiy komissiyalar tomonidan ötkaziladi. Tibbiy körikdan ötkaziş natijalari böyiça soğliğining holatiga köra nomzodning Institutda öqişga yaroqliligi darajasi töğrisida xulosa çiqariladi. Soğliğining holatiga köra Institutda öqişga yaroqsiz deb hisoblangan nomzodlar harbiy-professional tanlaşning keyingi tadbirlariga qöyilmaydi.