Mazkur maqolada jahondagi taniqli futurolog, fizik va “Fizikaning kelajagi”, “Ong kelajagi”, “Imkonsiz narsaning fizikasi” kabi kitoblar muallifi Mitio Kakuning Peterburgda bölib ötgan xalqaro iqtisodiyot forumidagi ma'ruzasida keltirilgan fikrlar bayon etiladi. Unda yaqin kelajakda insoniyat qay darajada özgarib ketişiga oid fikrlar aks etgan. Uşbu ma'ruzaning eng qiziqarli joylarini siz bilan örtoqlaşamiz.
Men turli kanallar BBC, Discovery va boşqalar uçun dunyoning 300 dan ortiq olimlaridan intervyu oldim. Birgalikda keyingi 20, 50 va 100 yillar mobaynida kelajak qanday bölişi, ilm va texnologiyalarda nimalar özgarişini kuzatişga intildik. Bugun aynan şular haqida gapirib beraman. Yangi ön yillikdagi eng muhim texnologiya – sun'iy aql. Bundan taşqari, molekulyar darajadagi, biotexnologiya va nanotexnologiyalardagi kaşfiyotlar kelajagimizni sezilarli ravişda özgartirib yuboradi.
Foto: Facebook/Dr. Michio Kaku
Sun'iy ong, robotlar va ularni qöllaş usullari haqida
Hozirgi kunda jarrohlar “aqlli közoynaklar”dan operatsiyalarni ötkaziş, ularga rentgen, MRT suratlari, bemorlar kasallik tarixini yuklaşda foydalanişlari mumkin. Yaqin muddatlarda ular internet bilan deyarli muloqot qila oladilar.
Bu qanday qilib işlaşiga internetdan zaruriy ma'lumotlarni olib, aniq tibbiy maslahat bera oladigan “Robodoc” dasturi misol böladi. U nafaqat şifokorlar işi, balki bemorlar muşkulini ham oson qiladi. Kelajakda bularning bari kerak bölmay qoladi, siz soğliğingizga oid masalalarni aqlli soat yoki közoynaklar bilan muhokama qilişingiz mumkin. Bu deyarli bepul böladi.
Inqilob nafaqat tibbiyotda, balki huquqşunoslikda ham sodir böladi. Misol uçun, siz Yevropaning katta şahrida yölda ketayotib, YTHga tuşib qoldingiz. Til, mahalliy qonunlarni bilmaysiz, sizga advokat kerak. Kelajakda qöl soati bilan suhbatlaşib, “Global advokat” deb nomlangan maxsus saytdan istalgan tilda kerakli ma'lumotni olişingiz mumkin böladi. Bu resurs butun dunyodagi qonunçilik hujjatlariga kiriş imkoniga ega bölib, sizga maslahat bera oladi. Kompyuterlar va robotlarning bunday yordami hamma yerda amalga oşiriladi. Masalan, ular binolar quriş va universitetda dars berişda yordamga keladi.
Bugungi kunda biz stol kompyuterlari, smartfon, planşet va noutbuklardan foydalanamiz. Juda köp turdagi qurilmalar nima uçun kerak?
Mavzuga oid
Umuman olganda, kelajakda ekran hajmi bilangina farq qiladigan xuddi şunday qurilma böladi. Kelajakda moslaşuvda çiplardan foydalanamiz. Siz smartfoningizni istalgan tomonga buriş, unda matn terib, yana joyiga burib qöyişingiz mumkin böladi. Nafaqat telefonlar, balki devor gulqoğozlari ham aqlli böladi. Ular eskirib qolsa, bugungi kunda nima qilasiz? Heçqisi yöq, açinib qöya qolasiz. Kelajakda ular bilan muloqot qilasiz va sun'iy ong sababli u sizga foyda keltiradi. Masalan, tonggi soat 4 da kökrak qafasingizda oğriq turdi. Siz nima bölayotganini tuşunmayapsiz. Balki infarktni boşdan keçirgandirsiz, balki keça pitssani köproq yeb yuborgandirsiz. Nima qiliş kerak? Tez yordamga qönğiroq qiliş kerakmi? Kelajakda devorga borib, “meni Robodoc bilan boğla” deyiş mumkin böladi.
2020 yildayoq haydovçisiz maşinalardan foydalanişingiz mumkin. Maşinani qanday qilib boşqariş, hatto qayerda töxtaş haqida ham qayğurmaysiz. Siz unga bor-yöği “Töxta” deysiz. Kelajakda köpçilik maşina sotib olmaydi. Ular maşinalarni ijaraga olişadi. Öylaşimça, robototexnika hajmi jihatidan avtomobil sanoatini ham ortda qoldiradi, avtomobilingiz ham robotga aylanadi. Siz u bilan suhbatlaşasiz, bahslaşasiz, kun uçun rejalar tuzasiz. Yana bir jihati bor: vaqt ötişi bilan maşinalar uçişni örganişadi.
Robotlar mehnat bozorini qanday özgartiradi
Tabiiyki, bu özgarişlarning bari mehnat bozoriga ta'sir körsatadi. Ba'zi kasblar yöqolib ketadi. Robotlar bir xil harakatlarni tez-tez amalga oşiradigan mutaxassislar örnini bosa oladi. Broker, buxgalter, kassir kabi kasblarda hozirda maoş olayotgan odamlar boşqa iş izlaşlariga töğri keladi. Yuridik firmada kim kerak bölmaydi? Advokatlarning köp sonli işni körib çiquvçi yordamçilari. Buni kompyuter ham bajara oladi. Advokat örnini bosib bölmaydi. Çunki u ilgaridek odamlar bilan muloqot qiladi: sudya, sudlanuvçilar. Robot buni yaxşiroq uddalay olmaydi.
Robot va sun'iy aqlda uçta çeklov bor. Birinçisi – odamlar bilan hamkorlik qiliş. Muloqot, işonçli munosabatlar bilan boğliq har qanday iş inson iştirokini talab etadi. Ikkinçisi – turli model va namunalarni aniqlaş. Masalan, robot oldida stol turibdi yoki stol tasvirini köryapti. U kvadrat yoki uçburçaklarni köradi va uning stol ekani, predmetning mohiyatini anglamaydi. Şuning uçun robotlarga stol nima ekanini tuşuntiradigan maxsus dastur kerak. Va nihoyat, uçinçisi –tafakkur. Robotda u yöq. Misol uçun, siz suv quruq emas, hölligi, ona qizidan yoş jihatidan katta ekanini bilasiz. Bularning bari tafakkur bilan boğliq bölib, u robotlarda yöq. Hatto beş yoşli bolakay ham bu masalalarda robotga qaraganda yaxşiroq fikrlaydi.
Bu mehnat bozori uçun nimani anglatadi? Robotlar haqida gap ketganida odamlar tomonidan bildiriladigan fikrlarni emas. Köpçilik nima uçundir çiqindi yiğuvçilar öz işlaridan birinçi bölib ayriladilar, degan fikrda. Yöq, bunday emas. Aslida robot çiqindini boşqa predmetlardan ajrata olmaydi. Axir u ham turliça böladi. Uni yiğadigan odam aniqlay oladi, biroq robot uçun bu juda murakkab iş. Boğbonlar ham işsiz qolmaydi, çunki robotlar nima çiroyli va çiroyli emasligini tuşunmaydi. Robotlar politsiyaçilar örnini bosa olmaydi, çunki har bir jinoyat öziga xos bölib, robotlar politsiyaçilar örnini bosiş darajasida odamlarni tuşuna olmaydi.
Foto: Facebook/Dr. Michio Kaku
Bu insoniyat kelajagida ikki sohadagi iş qolişini anglatadi: bir tomondan, ular robotlar bajara olmaydigan past malakaga ega işlar, boşqa tomondan aqliy kapitalni işlatiş kerak bölgan vazifalarni bajarişadi. Aqliy kapital nima? Bu mantiq, yetakçilik könikmalari, innovatsiyalar, ijodkorlik. Robotlarda bu röyxatdagi heç bir qobiliyat mavjud emas. Toni Bler aytganidek, Angliya rok-n-roldan kömir sanoatiga qaraganda köproq foyda köradi. Bu haqida öylab köring. Çunki kömir bu – tovar, uning narxi özgaradi, tuşib ketişi ham mumkin. Rok-n-roll esa intellektual kapital yordamida yaratilgan mahsulot, u doimiy barqarorlikka ega.
Virtual va qöşimça reallik haqida
Biz nafaqat odatiy, balki virtual va qöşimça reallikda yaşaşimiz mumkin. Siz suhbatdoşingiznigina emas, u töğrisidagi barça ma'lumotlarni köra olasiz. Ilm-fan, injyenerlik loyihalari, dizayn – bularning bari u yoki bu tomondan virtual va qöşimça reallik bilan boğlangan böladi. Masalan, siz sayyoh sifatida Rimga keldingiz. Rim imperiyasidan köp narsa qolmagan, biroq öz közoynaklaringizni taqib, Rim imperiyasining butun tarixini köra olasiz.
Hozirda virtual va qöşimça reallikdan foydalanişda bitta muammo mavjud. Bu köz körişi va aql özlaştirişi mumkin bölgan narsalar orasidagi nomutanosiblik. Biroq közoynaklarga emas, köz uçun kontakt linzalarga kerakli çip örnatilsa, vaziyat özgaradi. Bir söz bilan aytganda, kontakt linzaga qondagi qand moddasini ölçaydigan çipni hozir ham örnata olamiz. Kelajakda esa şunga öxşaş kontakt linzadan foydalanib, internetga kira olasiz. Undan foydalanişni boşlaş uçun közingizni oçib-yumişingizning özi kifoya.
Bunday linzalarni kim birinçi bölib sotib olişni boşlaşini bilasizmi? Imtihonlarga tayyorlanadigan talabalar. Ular közlarini pirpiratib, imtihon oluvçining savollariga javoblarni körişlari mumkin böladi. Bu ta'limdagi yondaşuvni butunlay özgartiriş kerakligini anglatadi. Biz ma'lumotni yodlaşga kuç bera olmaymiz. Endilikda talabalardan kimyoviy elementlar davriy jadvalini yodlab olişni söramaymiz. Uni köriş uçun közni pirpiratiş kifoya. Demak, ta'lim - konsepsiya, tamoyil va obrazlar atrofida jamlangan böladi. Oddiy fakt va raqamlarni eslab qoliş kerak bölmaydi. Sizda istalgan vaqtda va joyda har qanday ma'lumotni oliş imkoniyati mavjud böladi.
Qöşimça reallik va nutqni anglaş texnologiyalari sabab muloqot ham özgaradi. Tilni bilmay turib ham xorijliklar bilan gaplaşa olasiz. Suhbatdoşingizning yonida ona tilingizga tarjima qilingan titr (matn)ni körişingiz mumkin böladi.
Mahsulot va xizmat aslida qança turişini bilmaganimiz sabab köpinça bizni aldaşadi. Demak, ideal kapitalizm davriga yaqinlaşayapmiz. Oldimizda qanday mahsulot turgani, narxi, uni sotmoqçi bölganlar ustiga qança qöşayotganini aniq tuşuna olamiz. Dökonga kirib, örnatilgan çipga ega maxsus kontakt linzalar yordamida mahsulotlar töğrisidagi barça ma'lumotlarga ega bölamiz, ularni taqqoslab, özimizga mos keladiganini tanlaymiz. Biroq mahsulotlarni sotadigan kompaniyalar ham biz haqimizdagi barça narsalarni bilişadi.
Insonning tibbiyot va uzoq umr körişdagi raqamlaşişi
Raqamlaştiriş tibbiyotni qanday özgartirişi mumkinligini köramiz. Bugun tabletka (xapdori) içiga çip, kamera va magnit sola olamiz. Magnit bu dorini oşqozon va içaklarga olib boradi, kamera esa suratga oladi. Şu sabab robot operatsiya qila oladi.
Kelajakda kompyuterlar tanangizga örnatilib, real vaqt rejimida qon tahlilini ötkaza oladi.
Tanangizda hozirning özidayoq saraton rivojlanişi mumkin. Biroq 10 yoki 20 yil davomida siz buni bilmaysiz. Ösimta paydo bölişi uçun 10 mingta saraton hujayrasi kerak. Endilikda esa siz qonda milliard hujayradan bittagina saraton hujayrasini topişingiz mumkin böladi. Mazkur texnologiyadan şu yilning özidayoq foydalaniş imkoni bor. U suyuq biopsiya deb nomlanadi. Kelajakda bor-yöği hojatxonaga borasiz, aqlli unitaz sizning ajratmalaringizda ösimta paydo bölişidan ança avval saraton hujayralarini topadi. Şu sabab “ösimta” sözi tilimizdan yöqolib ketişi mumkin.
Kelajakda odam tanasini raqamlaştiriş uçun irsiyatdan foydalana olamiz. Universitetlardan birida quloq hujayralaridan quloq östirişga erişildi. Plastik erib ketgan va odamning öz töqimalaridan qilingan quloq paydo böldi. Bu muhim, çunki organizm öz hujayrasidan bölmagan narsani “qabul qilmaydi”. Juda yaqin kelajakda teri, suyak, burun, quloq, qon tomirlari va h.k, keyinçalik esa murakkab organlarni almaştira olamiz.
Foto: Facebook/Dr. Michio Kaku
Qariş jarayonini tuşuna boşlaymiz. Bir neça yil avval bu biz uçun sir edi. Hujayralar nima uçun qarişi va ölişini tuşunmasdik. Endi esa qariş – irsiy xatolarning yiğiliş jarayoni ekanini tuşunamiz. Uşbu genlarni töğrilaş va abadiy yaşaş texnologiyalaridan foydalanamiz. Demak, teri hujayralariga biologik soatlar örnatilgan. Agar Petri idişiga teri hujayralari solib qöyilsa, u 60 marta bölinadi, keyin esa öladi. Bu odam ölişining bir sababi. Bizda örnatilgan soatlar mavjud bölib, ularni töxtata olmaymiz. Telomeraza fermenti mavjud. Uni kaşf etgan odamlar tibbiyot yönalişida Nobel mukofotini qölga kiritişgan. Bu ferment biologik soatlarni töxtatadi. Siz Petri idişiga teri hujayralarini solib qöya olasiz va ular umrboqiy böladi, bölinişda çeksiz davom etadi. Biroq boşqa omillar ham bor. Aks holda biz ertagayoq abadiy hayot keçirardik. Gap şundaki, bu ferment saraton hujayralari umrini ham abadiylaştiradi. Nima uçun saraton sizni öldiradi? Çunki saraton hujayralari ölmaydi, ular çeksiz ravişda köpayadi va ösimtani şakllantiradi. Agar ehtiyot bölinmasa, telomeraza oddiy hujayrani ham saraton hujayrasiga aylantiradi.
Aql, breynnet va odamning raqamli nusxalari haqida
Keling, inson aqlini raqamlaştiriş haqida gaplaşamiz. “Connectome Project” deb nomlangan loyiha mavjud. Yevropa va AQŞ uni moliyalaştirişga milliard dollar sarflaşgan. U buyuk loyiha böliş arafasida. Uning maqsadi – miyaning kartasini yaratiş. Bugungi kunda ham MRT suratlaridan foydalanib, miyadagi qon aylanişini örganib, biz uning qurilişidagi köplab nazariyalarni tasdiqlaşimiz yoki rad etişimiz mumkin. Misol uçun, inson miyasi haqidagi ba'zi fikrlar töğri ekanini aniqladik. Har bir ota-ona ösmirlar miyasida özgariş borligiga aminlar. Bu töğri ekan. Ularning old qobiği rivojlanmagan. Ularda qaror qabul qiliş, tavakkalçilik bilan boğliq qism rivojlanmagan. Şuning uçun ham ular avariyalarga tuşib qolişadi, turli ahmoqgarçiliklarga yöl qöyadilar.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi