Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning ma'lum qilişiça, Armaniston yangi rahbariyatidan Toğli Qoraboğ mojarosiga yeçim topiş böyiça «real muzokaralar» boşlaşini kutmoqda. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Umid qilamanki, Armaniston yangi rahbariyati avvalgi hokimiyat xatolarini takrorlamaydi hamda Toğli Qoraboğdagi mojaroga tezroq yeçim topiş uçun jiddiy işni amalga oşiradi. Şunçaki nomigagina emas, balki real muzokaralar jarayoni boşlanişi lozim», - deya aytib ötdi Aliyev.

Uning ta'kidlaşiça, muzokaralar Kavkazda tinçlikni ta'minlaşi mumkin bölgan yeçimni topişda yordam beradi. Şuningdek, Aliyevning sözlariga köra, Ozarboyjonning mojaroga tinç yeçim topiş uçun «huquqi bor».

Eslatib ötamiz, avvalroq Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Ozarboyjon diplomatiya akademiyasi bitiruvçilari oldidagi nutqida Qoraboğ ixtilofi Ozarboyjonning hududiy yaxlitligi doirasidagina öz yeçimini topişi mumkinligini aytgandi.