Andijon şahrida joylaşgan harbiy qism harbiy xizmatçilari öquv yili rejasiga asosan 5 kunlik jangovar tayyorgarlik maşğulotlariga jalb etildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Harbiylar özlariga biriktirilgan qurol-aslahalar bilan maydonda saf tortgan harbiy xizmatçilarga batalon komandiri tomonidan harbiy-siyosiy vaziyat, şartli duşman va uni yengiş usullari yetkazildi hamda jangovar buyruq berildi. Qisqa vaqtda tayyorlangan şaxsiy tarkib 30dan ziyod jangovar texnikalarda 120 km masofaga marş yurdi.


Dala öquv maydoniga yetib kelgan bölinmalar bilan 10ta öquv joyida amaliy maşqlar taşkil etildi. Taktika, topografiya, muhandislik, ommaviy qirğin qurollaridan himoyalaniş, aloqa tayyorgarligi, jangovar maşinalarni boşqariş, qurollardan kunduzi va tunda öq otiş böyiça ötkazilgan harbiy maşqlar harbiylarning bilim va malakasini oşirişga xizmat qildi.

















