Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2018 yil 8-10 iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasida bölib, Şanxay hamkorlik taşkiloti Davlat rahbarlari kengaşining Tsindao şahrida ötadigan ön sakkizinçi majlisida iştirok etadi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.

ŞHTga a'zo davlatlar rahbarlari ilk bor Hindiston va Pokistonning töla huquqli a'zo sifatidagi iştirokida yiğiladi, taşkilot faoliyatini yanada takomillaştirişning istiqbolli yönalişlari, mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va investitsiyaviy şeriklikni kengaytiriş, transport-kommunikatsiya sohasidagi hamkorlikni faollaştiriş masalalari hamda köp tomonlama kooperatsiyaning boşqa jihatlarini muhokama qiladilar.

Davlat rahbarlarining majlisi yakunida Tsindao deklaratsiyasi qabul qilinişi, Terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş böyiça 2019-2021 yillarga möljallangan hamkorlik dasturi, Uzoq muddatli yaxşi qöşniçilik, döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnoma qoidalarini amalga oşiriş böyiça 2018-2022 yillarga möljallangan harakatlar rejasi, Yoşlarga qöşma murojaat va boşqa hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.

Fikr almaşuvlardan söng 2018-2019 yillarda taşkilotga raislik qiladigan davlat töğrisida qaror qabul qiliş, keyingi uç yillik davrga ŞHT boş kotibi va Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qömitasi direktori lavozimlariga nomzodlarni tasdiqlaş közda tutilmoqda.

Davlatimiz rahbari ŞHT sammiti doirasida ikki tomonlama qator uçraşuv va muzokaralar ötkazadi.