Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi 2018 yilning 9 iyun kuni Toşkent şahrining “Paxtakor” markaziy stadionida velosiped ixlosmandlari iştirokida “Velosipedçilar sayli” bölib ötadi. Bu haqda Federatsiya Matbuot xizmati KUN.UZ’ga xabar bermoqda.

“Velosipedçilar sayli”da Özbekiston velosiped sporti federatsiyasi tomonidan professional velosipedlar, sport anjomlari, sport formalari, sportçilarni quvvatlantiruvçi vositalar va oziqalar körgazmasi ötkaziladi. Mazkur körgazmada Milliy terma jamoa murabbiylari, mutaxassislar va taniqli sportçilar master klass ötib berişadi.

Taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, “Velosipedçilar sayli”da velosiped haydaş istagida bölgan iştirokçilar 16:00dan 19:00gaça pasportlari bilan röyxatdan ötib, bepul velosiped olib, belgilangan hududda sayr qilişlari mumkin böladi.