Qozoğistonning davlat tomonidan kafolatlangan taşqi qarzlari miqdori 55,5 milliard dollarga yetgan. Bu esa Milliy fonddagi jami valyuta aktivlarining 96,2 foizini taşkil etadi. Bu haqda informburo.kz xabar tarqatgan.
Hisob palatasi tahlilçilarining fikriça, bu hisobot mamlakatda moliyaviy barqarorlik uçun xavfli holat yuzaga kelganini körsatadi.
«2018 yilning 1 yanvari holatiga köra Qozoğistonning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan taşqi qarzlari miqdori qariyb 14 trln tengega teng (7 iyun kuni bu miqdor roppa-rosa 14,5 trln tengeni taşkil etmoqda), bu esa ötgan yilga nisbatan 18,9 foizga köpdir. Taşqi qarz YaIMga nisbatan 27,1 foizga yetgan, bu ham 2016 yilgiga nisbatan 2,1 foizga köp», – deyilgan hisobotda.
2017 yilda davlat qarzlarini qoplaş xarajatlari 852,6 mlrd tengega kamaygan. Byudjyetga qarz yuklamasi 2016 yildagi 11,8 foizdan 2017 yilda 8,8 foizga qisqargan.
Vazirlik ma'lumotiga köra, Qozoğistonda 18 milliondan ortiq kişi yaşaydi. Mamlakatdagi örtaça yaşaş minimumi 2018 yil yanvar oyida 25 879 tengeni taşkil qildi (taxminan 80 AQŞ dollari).











