Dubaydagi (BAA) noyob binolar soni yaqin orada yana bir nostandart inşootga köpayadi. Gulf News naşri ma'lumotlariga köra, amirlikda tez orada taşqi körinişi Apple kompaniyasining iPod pleyerini eslatuvçi “aqlli” turar joy binosi qad rostlaydi.    

Foto: Archilovers

The Pad deb nomlangan 26 qavatli bino Honkongning James Law Cybertecture kompaniyasi xodimi Jyeyms Lou tomonidan loyihalaştirilgan va Dubay markazi yaqinidagi biznes-buxtada joylaşgan. Kompaniya saytida aytilişiça, loyiha özidan “binoda yaşovçilarga öz uylarini öz ehtiyojlari va istaklaridan kelib çiqib dasturlaşga imkon beruvçi texnologik yutuqlarni qurollanişga olgan yangi me'moriy yönaliş”ni aks ettiradi. 

Bino qurilişi 2007 yilda boşlanib, 2 yildan keyin töxtatib qöyilgan. 2013 yilga kelibgina qurilişni davom ettiriş imkoniyati tuğilgan hamda kutilganidek, joriy yilda binoga odamlar köçib ötişlari mumkin. Ularga bir xonalik kvartiralardan boşlab 3 yotoqxonali duplekslargaça bölgan 256 ta apartament taklif qilinadi. Uylar derazalari Dubay kanalining ajoyib manzarasidan zavqlanişga imkon beradi. Bino içi eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan –  yoruğlik va yoruğlanişni dasturlaydigan biometrik qulflar, ovozli boşqaruv hamda xonadon egasining soğligini nazorat qiluvçi noyob közgular. 

Foto: Archilovers

Bino taşqi körinişining yana bir alohida jihati uning 6,5 gradus burçakka oğgan holda qurilgani hisoblanadi. Bu esa bino göyoki ağanayotgandek tasavvur beradi. Arxitektorning ğoyasiga köra, bino quvvatlaş platformasida turgan pleyer holatini takrorlaydi.

Dubay amirligi özining noyob va nostandart inşootlari bilan yil sayin butun dunyodan köproq sayyohlarni jalb qilmoqda. Misol uçun, Dubayda dunyodagi eng baland bino “Burj-Halifa” (828 metr)  va maydoni 3,96 million kvadrat metrni (50 tadan köproq futbol maydoniga teng) taşkil qiluvçi eng yirik savdo markazi “Dubay moll” joylaşgan. Yanvarda esa surat ramkasi körinişidagi, balandligi 150 metrlik inşoot oçildi, martda esa eng baland mehmonxona – 75 qavatli (356 metr) Gevora öz işini boşladi.