Qöşma Ştatlar Energetika vazirligi huzuridagi Milliy laboratoriya muhandislari Summit nomli dunyodagi eng kuçli superkompyuter yaratilgani haqida ma'lum qilişdi. Bu haqda MIT Technology Review naşri yozmoqda.
Naşr ma'lumotiga köra, Summit’ning işlaş quvvati 200 petaflopsni taşkil etadi, bu soniyasiga suzib yuruvçi vergulli 200 mlrd operatsiyaga tengdir.
«Taqqoslaş uçun: Yerdagi barça yangi maşina bir lahzada qilişi mumkin bölgan narsani bajariş uçun 305 kun davomida har bir soniya içida operatsiya ötkazişi lozim», - deya ta'kidlanadi maqolada.
Summit işlaş quvvati Xitoyning Sunway TaihuLight (93 petaflops) superkompyuteri quvvatidan deyarli ikki barobarga köp. Xitoy qurilmasi bundan avval dunyodagi eng kuçli kompyuter sifatida baholanardi.
Xabar berilişiça, olimlar Summit’dan genlar va saraton kasalliklari örtasidagi ehtimoliy aloqalarni, şuningdek, narkotik moddalarga qaramlik paydo bölişiga aloqador holatlarni topiş maqsadida foydalanişmoqçi. Şuningdek, superkompyuter iqlim modellaştirilişida ham qöllanilişi mumkin, bu ob-havo başoratlari aniqlikligiga ijobiy ta'sir körsatişi lozim.












