Biz tanişimiz, faxrlanişimizga loyiq ajdodlarimizdan biri, öz davrida “Malik al-ulamo” deya ta'riflangan uluğ vatandoşimizning töliq ismi Alouddin Abu Bakr ibn Ahmad al-Kosoniy bölgan. Afsuski, bu zotning tuğilganlik sanasi va yoşlik yillari haqida hozirça ma'lumot yöq. Uning vafoti 1191 yilga töğri kelişi tadqiqotçi olimlarimiz tomonidan aniqlangan. Koson – Movarounnahrdagi Şoş viloyatining orqasida, Farğona vodiysi mintaqasi – Sayxunning(Sirdaryo) şimoliy qismida joylaşgan şaharlardan biri (hozirgi Kosonsoy). Mana şu şaharda tuğilgani sababli unga Kosoniy nisbasi berilgan.

Alouddin Kosoniy ilm talabida Buxoro şahriga kelib, Imom Alouddin Muhammad ibn Abu Ahmad as-Samarqandiyga şogird tuşgan. Ma'lumotlarga köra, olim ustozining “Tuhvatul fuqaho” nomli asariga şarh sifatida kitob yozib, tuhfa qilgan. Yuksak saviya va mahorat bilan yozilgan asardan Alouddin Samarqandiy mamnun bölib, yetuk olima va fiqhşunos qizi Fotimani şogirdiga nikohlab bergan ekan. Şu sababli ham “ustozining kitobini şarhlab, qiziga uylandi”, degan gaplar öz davrida tildan tilga ötib yurgan. Oila qurilganidan söng fiqh, hadis va husnixat ilmida benazir bölgan Fotima va Alouddin Kosoniy hamda bu ikki yoş olimlarning ustozi Alouddin Samarqandiy hammaslak bölib faoliyat yuritişgan.

Alouddin Kosoniy taxminan 1146-1148 yillarda Halab hukmdori Nuriddin az-Zangiyning huzuriga elçi qilib yuboriladi va u umrining oxiriga qadar öşa yerda yaşaydi. Kosoniy Halabda yaşagan davrda hokimiyatni Zangiylar va Ayyubiylar boşqargan bölib, mamlakatda ilmiy muhit barqaror edi. Kosoniy bu yerda qisqa vaqt içida katta şuhrat qozonadi va mahalliy faqihlarning talablari bilan Nuriddin Zangiy tomonidan qurdirilgan Halaviya madrasasiga boş mudarris qilib tayinlanadi. Bu uluğ zotdan avval madrasada ar-Roziy as-Saraxsiy boş mudarris bölib, toliblarning uning tili biroz çuçuk bölgani sababli iboralarda talaffuz xatolaridan köngillari tölmas edi. Kosoniyning madrasada hurmati nihoyatda uluğ ekanini, manbalarda ta'riflanganidek, mudarrisning yöqligida ham unga atab joynamoz solib qöyişgani va u kişi kelganidan to turib ketguniça atrofida ötirişganidan anglaş mumkin. Kosoniy yuksak saviyali olim, şu bilan birga ötkir zehnli notiq bölgan. U ilmiy bahslarda turli aqidaviy oqimlarga qarşi ayovsiz mafkuraviy kuraş olib borgan. Mana şunday munozaralarda alloma nojoiz oqimdagi hamsuhbatlarining nomaqbul qaraşlarining asl mazmun-mohiyatini rad etib bölmas dalillar asosida röy-rost oçib taşlaşi va har bir fikrga haqiqiy islom ta'limoti asosida xolis, haqqoniy javob bera olgani bilan atrofidagilarning e'tirofiga muşarraf bölgan.

Şu örinda Alouddin Kosoniyning turmuş örtoği hazrati Fotima haqida ham batafsilroq ma'lumot beriş joiz bölar. Çunki bu ayol Şarqda nomi çiqqan sanoqli olima ayollardan. U fiqh, hadis va husnixatda benazir bölgan. Uşbu ziyolilar oilasi Halab şahrida umrguzaronlik qilayotganida hukmdor Nuriddin Zangiy tomonidan katta e'tibor va iltifot körsatilgan. Hazrati Fotimaning aql-zakovati va ilmiga behad hurmat bilan qaragan hukmdor ayrim muhim işlarda u bilan maslahatlaşar va turli fiqhiy masalalarda uning fikri bilan qiziqar edi. Hanafiy fiqh namoyandalaridan biriga aylangan olima ba'zan turmuş örtoğining sohadagi xatolarini töğrilab, kamçiliklarini körsatib bergani, Kosoniy ham uning fikrlarini qabul qilgani manbalarda qayd etilgan.