Özbekiston Yoşlar ittifoqi markaziy kengaşi raisi Qahramon Quronboyev 5 iyun kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uçraşuvdagi gaplaridan keyin internet yulduziga aylandi.

U dabdabali töylarni jamiyatdagi asosiy muammolardan biri sifatida tilga olib, bunda özini va özi rahbar bölgan taşkilotni aybdor sanadi hamda bu aybini bir qadar yuviş uçun amalga oşirgan «qahramonligi» bilan «maqtandi»: «Vodiyda yurganimda köçada töy kortejini körib qoldim. Şunda maşinalarni hammasini töxtatdim-da, kelin bilan kuyovni tuşirib, taksiga ötqazib, jönatib yubordim. Qolgan maşinalarni esa orqaga qaytardim. Şunaqangi dabdaba endi, köçada heç kimga yöl bermaydi. Mayli, meni yomon körsin, Yoşlar ittifoqining viloyat bölimi rahbarini yomon körsin, lekin tartib kerak-ku! Agar yoşlarni biz tarbiyalay olmasak, Yoşlar ittifoqi tarbiyalay olmasa biz joyimizni böşatib berişimizga töğri keladi».

Ikki kundirki, ijtimoiy tarmoqda Quronboyevning bu qilmişi qattiq tanqid ostiga olinib, e'tirozlar bildirilmoqda, Yoşlar ittifoqi va uning rahbari haqida azaldan salbiy fikrda bölganlar uni ayovsiz tanqid qilişi bilan birgalikda, u haqda ijobiy fikrda bölgan yoşlar ham endi undan hafsala pir bölgani haqida yozişmoqda va uning iste'fosini talab qilişmoqda.

Ular endi yangi oila qurayotgan yoşlarning orzularini oyoqosti qilgan amaldordan qattiq norozi, ular kuçi viloyatdagi ikki yoşga yetgan yöltösarning harakatidan ranjişgan, ular bu amaldor jamiyatda şunça jiddiy muammolar, işsizlik, ta'lim sohasidagi inqirozga qarşi kuraşmasdan, inson huquqlariga qarşi kuraşayotganidan ğazabga minişgan.

Bildirilgan munosabatlar orasida quyidagiça original yondaşuvlar ham bor.

«5 iyundan «Töy» tarifini işga tuşirdik. Yangi tarif böyiça safarlar yoş kelin-kuyovlar uçun mutlaqo bepul, çaqiruvga esa faqat komfort maşinalar keladi, masalan: Chevrolet Malibu, Epica, Captiva — kortejdan nimasi kam?
Safaringiz xayrli bölsin!».