Jahon | 16:35 / 09.06.2018
44169
1 daqiqa o‘qiladi

Kattaligi tennis to‘pidek keluvchi do‘lni ko‘rganmisiz? (foto)

Juma, 8 iyun kuni, Sloveniyada po‘rtana kuzatildi, uning davomida kattaligi tennis to‘pidek keluvchi do‘l yog‘di. Bu haqda Vijesti mahalliy nashri xabar bermoqda.

Eng yomon vaziyat Xorvatiya bilan chegarada, Bela kraina provinsiyasida kuzatilgan.

U yerda kattaligi tennis to‘pidek keluvchi do‘l yog‘gan bo‘lib, u avtomobillar va tomlarga zarar yetkazdi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini yo‘q qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fotosuratlarga ko‘ra, atigi 15-20 daqiqa davomida yog‘gan do‘lning diametri 8-10 santimetr bo‘lgan.

Ekspertlar so‘zlariga ko‘ra, bu noodatiy po‘rtana bo‘lib, u bir yilda bir necha marotaba kuzatiladi.

Foto: Facebook /Mitko Blatnik
Foto: Facebook /Mitko Blatnik
Foto: vijesti.rtl.hr
Foto: Facebook /Mitko Blatnik
Foto: Facebook /Mitko Blatnik

Mavzuga oid