Ostonada boks böyiça Qozoğiston prezidenti kubogi uçun turnir bölib ötmoqda.

Milliy olimpiya qömitasi xabariga köra, keça çorak final doirasida bir neça boksçimiz ringga çiqdi. Boksçilar içida Olimpiya öyinlari çempioni Hasanboy Dösmatov kutilmaganda hindistonlik Lalbiakkima Nutlaiga mağlubiyatga uçradi. Oğir vaznli boksçimiz Sanjar Tursunov esa mezbonlar vakili Anton Pinçukka imkoniyatni boy berdi.

Şahobiddin Zoirov, Iqboljon Xoldorov, Aliyor Noraliyev, Isroil Madrimov kabi boksçilarimiz esa ğalaba qozonib, yarim final yöllanmasini qölga kiritişdi.

Bugun musobaqada yarim final janglari bölib ötadi:

-56kg: Şahobiddin Zoirov – K.Yeraliyev (Qozoğiston)
-60kg: Şunqor Abdurasulov – Z.Safiullin (Qozoğiston)
-64kg: Iqboljon Xoldorov – M.Vuttiçai (Tayland)
-64kg: Aliyor Noraliyev – B.Ibragimov (Qozoğiston)
-69kg: Mahmud Ğoipov – A.Jusupov (Qozoğiston)
-75kg: Isroil Madrimov – A.Amankul (Qozoğiston)
-81kg: Bektemir Meliqöziyev – B.Nurdauletov (Qozoğiston)